Ushbu nashr Marg‘ilon shahri tashkil etilganining 2000 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar materiallaridan iborat. Farg‘ona vodiysida, xususan, Marg‘ilonda shahar madaniyatining shakllanish bosqichlari tarixiy-arxeologik manbalar asosida yoritilgan. Nashr, shuningdek, Marg‘ilon shahrining O‘zbekiston va umuman O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-madaniy hayotidagi o‘rni va roliga bag‘ishlangan. Ayniqsa, marg‘ilonlik atoqli o‘zbek allomalari, adib va san’atkorlarining hayoti va faoliyati mazkur nashrning maqolalarida tahlil etilgan.